Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:57
telegram
Andijonda 9-sinf o'quvchisiga tajovuz qilindi

 12 APREL, 15:45 81

.

Andijon viloyati. 2021 yilning 05 aprel kuni soat 12:30 larda noma'lum shaxslar boshqaruvlaridagi “Spark” rusumli avtomashinada Andijon tumani Chem MFY., hududidan o'tgan “Andijon-Asaka” chorrahasi qatnov yo'lida ketayotgan voyaga etmagan 9-sinf o'quvchisi 16 yoshli Xikmatillo X.,ning oldida to'xtab, qo'lidagi “RedMi Note-9” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Doniyorbek T., va 21 yoshli Javohir Z.,lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Doniyorbek T., va Javohir Z.,larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!