Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:08
telegram
"Kobalt" bilan to'qnashgan "ZAZ-968M" rusumli avtomobil yonib ketdi

 12 APREL, 10:40 77

.

Joriy yilning 11 aprel kuni soat 17:35larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Sakkokiy ko'chasida, haydovchi, 2000 yilda tug'ilgan A.P. boshqaruvidagi "ZAZ-968M" rusumli hamda haydovchi, 1977 yilda tug'ilgan Z.M. boshqaruvidagi "Kobalt" rusumli avtomobillar ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan. Zarb oqibatida  "ZAZ-968M" avtomobilining dvigatel qismida yong'in yuzaga kelgan.

Yong'in bartaraf etilgan. To'qnashuv va yong'in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q. Transport vositalariga zarar etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!