Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:34
telegram
"Andijonda GAI xodimlari bilan janjal": rasmiy ma'lumot berildi

 12 APREL, 10:20 98

.

Ijtimoiy tarmoqda "Andijonda GAI xodimlari bilan janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma'lumot berildi.

⚡️Joriy yilning 9 aprel kuni soat 19:30larda, Andijon viloyati IIB YHXB YPX xodimi A.Maxmudov tomonidan Andijon shahar, Cho'lponshoh ko'chasida "Neksiya-3" rusumli ?avtomobil to'xtatilib tekshirilganda, yon oynalari tegishli ruxsatnomasiz, old oynasi esa tusini o'zgartirish mumkin bo'lmasada tusi o'zgartirilganligi (tonirovka) aniqlangan.

⚡️Belgilangan tartibda ?bayonnoma rasmiylashtirilishi vaqtida, haydovchi, 1992 yilda tug'ilgan A.Sh.ning YPX xodimiga ko'rsatgan faol qarshiligi atrofda fuqarolar to'planishiga sabab bo'lgan.

⚡️PPX  va Milliy gvardiya xodimlari yordamida yuzaga kelgan nizoli vaziyat bartaraf etilib, o'rnatilgan tartibda ma'muriy bayonnoma tuzilgan va ?avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan qo'shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!