Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:38
telegram
Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

 12 APREL, 07:10 92

.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda Sport vazirligini matbuot xizmati xabar qilmoqda.

11 aprel kuni Termiz shahrida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi ijroqo'mining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ijroqo'm a'zolari kurashning vatani bo'lgan mamlakat O'zbekiston bilan o'zaro aloqada bo'lish uchun yangi IKA vitse-prezidenti lavozimini joriy etishga qaror qilgan.

IKA prezidenti Haydar Farman ushbu yangi tashkil etilgan lavozimga O'zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovni tayinlashni taklif qildi. Kengash a'zolari ushbu taklifni bir ovozdan qo'llab-quvvatlagan.


Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

Foto: Sport vazirligi


Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

Foto: Sport vazirligi

Xalqaro kurash assotsiatsiyasining ijroqo'm yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.


Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!