Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:02
telegram
Britaniya shahzodasi: ”Biz millatning bobosini yo'qotdik”

 12 APREL, 06:50 84

.

9 aprel kuni Britaniya Qirolichasi Elizavetaning turmush o'rtog'i shahzoda Filipp 99 yoshida vafot etgandi.

Shahzoda Filippning vafoti uning rafiqasi Qirolicha Elizaveta uchun katta qayg'u bo'ldi va Buyuk Britaniya xalqi «bobosi» ni yo'qotdi, deydi Filippning o'g'li shahzoda Endryu yakshanba kuni bo'lib o'tgan marhumga hurmat ko'rsatish marosimida. Shuningdek, Endryu qirollikni qo'llab-quvvatlagani uchun xalqqa minnatdorchilik ham bildirgan.

Ushbu marosimda shahzoda Endryudan tashqari Filippning boshqa ikki o'g'li Charlz, Edvard va qizi Enni ham qatnashgan. Ular o'z nutqlarida jamoatchilikning muhabbaitidan kuch olishganini ta'kidlashgan.

«Bu katta yo'qotish. Mening fikrimcha, biz millatning bobosidan ayrildik» deydi shahzoda Endryu.

Eslatib o'tamiz, Shahzoda Filippning o'limi munosabati bilan Britaniyada 8 kunlik motam e'lon qilingan. U dunyodagi eng keksa va eng ko'p muddat hukmronlik qilayotgan Qirolicha Elizaveta bilan 1947 yilda turmush qurgan.Shahzoda Filippning dafn marosimi 18 aprel kuni bo'lib o'tadi va unda 30 kishigina qatnashadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!