Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:29
telegram
Rasmiy tekshiruv: Suvaysh kanaliga ulkan kema qanday tiqilib qolgandi?

 31 MART, 19:10 184

.

23 mart kuni «Ever Given» kompaniyasiga tegishli 400 metrli ulkan kema Suvaysh kanaliga tiqilib qolgan va u shu erda olti kun qolib ketgandi. Oqibatda, Suvaysh kanalida kemalar harakati to'xtab qoldi. Bu holat jahondagi kompaniyalarga iqtisodiy jihatdan juda katta ziyon etkazdi. Chunki, Suvaysh kanali Osiyo va Evropani bog'lab turuvchi eng yaqin suv yo'li hisoblanadi.

31 mart kuni «Ever Given» kompaniyasiga tegishli ulkan yuk tashuvchi kemaning Suvaysh kanaliga qanday qilib tiqilib qolganini o'rganish bo'yicha rasmiy tekshiruvlar boshlandi. Bu haqda ushbu kanal xodimi xabar bergan.Ushbu tergov jarayonida kemaning dengizda suzishga yaroqliligi va kema kapitanining harakatlari tekshiriladi.

Suvaysh kanali raisi Osama Rabie ob-havo sharoiti, shu jumladan, kuchli shamollar va odamlarning xatosi kemaning 23 mart kuni kanalga tiqilib qolganiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligini aytgandi.

«Ever Given» kemasining yaponiyalik egasi shu paytagcha mazkur holat bo'yicha hechkim unga shikoyat qilmagani yoki uning ustidan sudga murojaat qilmaganligini ma'lum qilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!