Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:35
telegram
Toshkent viloyatida "SPA saloni va sauna" niqobi bilan fohishaxona tashkil etganlar qo'lga

 11 APREL, 22:10 82

.

Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida o'tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida, tungi klub, spa salon va saunalarda nazorat-reyd tadbirlari o'tkazildi.

Tadbir natijasida Oqqo'rg'on, O'rta Chirchiq, Bekobod tumani va Angren shahrida 3 ta fohishaxona saqlash jinoyati aniqlanib, chora ko'rilishi ta'minlandi.

Masalan, Angren shahar «Dukent» qo'rg'onida yashovchi 1974 y.t. X.Sh. o'zi yashab kelayotgan dala hovlisida fohishaxona tashkil qilganligi aniqlanib, kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Bundan tashqari, fohishalik bilan shug'ullangan 4 nafar shaxsga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 190-moddasiga ko'ra tegishdi hujjatlar rasmiylashtirilgan bo'lsa, karantin qoidalarini buzgan 24 nafar shaxslar aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma tuzildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!