Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:45
telegram
Samarqandda IIB xodimlari kelib chiqishi nomalum bo'lgan sifatsiz go'shtni to'xtatib qoldi

 11 APREL, 20:55 76

.

2021 yilning 4 aprel kuni Samarqand viloyati Bulung'ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash guruhi va Davlat veterinariya xizmati xodimlari hamkorligida “Qashqadaryo-Toshkent” yo'nalishi bo'ylab harakatlanib kelayotgan Neksiya rusumli avtotransport vositasi to'xtatilib tekshirilganda, yukxonasi hamda salon qismida veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda kelib chiqishi noma'lum bo'lgan, taxminan 240 kg. og'irlikdagi go'sht mahsuloti to'xtatib qolindi.

Ushbu go'sht mahsulotlarini iste'molga yaroqli ekanligini tekshirish maqsadida undan namunalar olinib, veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasiga yuborildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!