Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:20
telegram
Ota-ona o'z bolasiga qanday qayg'ursa, davlatimiz, hukumatimiz ham ularga shunday qayg'urmoqda

 11 APREL, 18:00 71

.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Xalqimizda “Eri boyning eli boy” degan hikmat bor. Er xalqning eng asosiy va bebaho boyligi, bitmas-tuganmas mulki hisoblanib, qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish va ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Binobarin, har birimizning tasarrufimizdagi shu bir parcha erning dasturxonimiz fayz-barakasi, odamlar hayoti farovonligi, yurt obodligini ta'minlashda ahamiyati katta. Xalqimiz azaldan bejizga erga muhabbat qo'yib, farzandlarini mehnatga o'rgatib kelmagan. Sababi er rizq-ro'z, daromad manbai, bandlikni, mo'l-ko'lchilikni ta'minlashning eng samarali yo'lidir.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Yangi O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar tufayli dehqonchilik serdaromad sohaga aylanib, odamlarda erga, mehnatga munosabat o'zgardi. Hozir er ko'plab oilalarning, yoshlar va xotin-qizlarning asosiy daromad manbaiga aylanib qoldi. Ayni chog'da fuqarolarimiz o'z tomorqasidan samarali foydalanib, bir yilda 3 martagacha hosil olmoqda.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Ekin turlarini to'liq ekkan, agrotexnika tadbirlarini o'z vaqtida, sifatli bajargan, yiliga kamida ikki yoki uch marta yuqori hosil olayotgan tomorqa er egalariga er solig'i stavkasini pasaytiruvchi soliq imtiyozlari qo'llanilishi esa aholining ruhini ko'tardi, kelajakka umid va ishonchini uyg'otdi. Bu sohada hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar aholi bandligini ta'minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo'lishiga xizmat qilyapti.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Lekin shunga qaramay so'nggi paytlarda OAVda, jumladan, internet saytlarida 4 million gektarga yaqin ekin erlarimiz bo'lib, qishloq odamlari xorijda ishlab yuribdi, yurtimizda shuncha er va unda ishlashni istaydigan fuqarolar Rossiyada mehnat qilyapti”, degan turli gap-so'zlar urchimoqda.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Xususan, joriy yilning 5 aprel kuni “kun.uz” saytida e'lon qilingan “Erni egasiga berish kerak, dehqonning ishiga hech kim aralashmasligi shart. Tahlil va taklif” nomli maqolada fermerlarga mustaqillik berilsa, yaqin kelajakda qishloqlarda kuchli ijtimoiy tabaqalanish – boy-kambag'alga bo'linish yuzaga kelishi bayon qilingan.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Hokimlar esa dehqonlarning ishiga aralashmasligi, manfaat stimulining o'zi dehqonning harakatlarini yo'naltirishi, davlat idoralarining bu erda vazifasi faqat yordam berishdan iboratligi tilgan olingan.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Vaholanki, bugun yurtimizda shu maqsadga qaratilgan qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, yaqinda qabul qilingan “Dehqon xo'jaligi to'g'risida”gi va “Tomorqa xo'jaligi to'g'risida”gi qonunlarda o'ziga berilgan er uchastkasida dehqon xo'jaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish, etishtirilgan hamda mustaqil tarzda qayta ishlangan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini erkin realizatsiya qilish belgilab qo'yilgan.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Shu nuqtai nazardan bugun fermer va dehqonlarimiz manfaatlarini ta'minlash, yangi ish o'rinlari tashkil etish uchun har bir hududning o'ziga xos xususiyati hisobga olinib, “bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida barcha mahallalar meva-sabzavot etishtirish, kichik issiqxonalar tashkil qilish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik kabi yo'nalishlarga ixtisoslashtirilyapti.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Sektor rahbarlari, deputatlar ham mahallama-mahalla, xonadonma-xonadon yurib, aholining tomorqadan qanday foydalanayotganini o'rganmoqda. Kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga haydalmagan erlarini haydashga, urug' va ko'chat bilan ta'minlashga, chorva mollari va parranda boqish orqali tomorqasidan samarali foydalanishga yaqindan yordam bermoqda. Bu esa yangi ish o'rinlari yaratish va bandlikni ta'minlashda muhim poydevor bo'lib xizmat qilayotir.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Bundan buyon tomorqachilarda “etishtirgan mahsulotlarimni sota olamanmi”, degan hadik bo'lmaydi. Hozir bu muammoning ham echimi topilgan. Bugun barcha tumanlarda fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalariga qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish va sotishda amaliy yordam ko'rsatadigan “Tomorqa xizmati” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyat ko'rsatmoqda.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urug'lar, ko'chatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar etkazib berish, joylarda (mahallada) ularning doimiy savdosini, shuningdek, ko'chma do'konlar orqali sotilishini yo'lga qo'yish “Tomorqa xizmati”ning eng asosiy vazifasi sanaladi.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Erlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish, sug'orish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari o'rnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sug'orishni tashkil etish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo'jaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish kabi ishlarga ham ushbu tashkilot mas'uldir.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Ma'lumki, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash – bugun eng dolzarb vazifa bo'lib turibdi. Shu bois, mamlakatimizda joriy etilgan “temir daftar”lar singari ishsiz yoshlar bo'yicha alohida “Yoshlar daftari” ro'yxati shakllantirib, ularning har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli tarzda ishlanmoqda. Bu ro'yxatlar “temir daftar”dan alohida bo'lib, unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlashga, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo'lgan ishsiz yoshlar kiritilgan.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Joriy yilda mahallalarda aholini kasb-hunarga o'qitish bo'yicha mingdan ziyod markazlar tashkil etilishi, bunda kasb-hunarga o'qitilgan har bir shaxs uchun o'quv markazlariga 1 million so'mgacha subsidiya berilishi ham yangi O'zbekistonda yoshlar bandligini ta'minlash eng asosiy masalalardan biri ekanligidan dalolatdir.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">2021 yilni mamlakatimizda “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e'lon qilinishi va bu yilgi Davlat dasturida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun, yangi o'zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan er maydonlaridan 0,1 gektardan 1 gektargacha er ajratilishi ming-minglab yoshlar bandligini ta'minlash barobarida, qanchadan-qancha oilalarga quvonch olib kirdi.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Jarayonga jiddiy yondashuv bejiz emas, albatta. Chunki bugun yangi O'zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlardan ko'zlangan maqsad bitta: ishsizlikni bartaraf etish va kambag'allikni qisqartirish. Ishsizlikni bartaraf etish – bu kambag'allikni qisqartirish, degani. Shu jihatdan yurtimizda yoshlarga dehqonchilik, bog'dorchilik bilan shug'ullanishi uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratilib, ekin-tekin qilishlariga er maydonlari, urug' va ko'chatlar etkazib berilmoqda.

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:justify">Umuman olganda, bugun ota-onalar o'z bolalariga qanday qayg'ursa, davlatimiz, hukumatimiz ham shunday qayg'urmoqda. Hech bir yoshni o'z muammosi bilan yolg'izlatib qo'yayotgani yo'q, ularni tezroq ish bilan ta'minlash uchun barcha chora-tadbirlarni ko'ryapti. Bugun yoshlar doimiy ish joyiga, daromad manbaiga ega bo'lsa, ertaga nafaqat o'z oilasini boqadi, balki jamiyat rivojiga ham katta hissa qo'shadi.

Odinaxon OTAXONOVA,

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:right">Oliy Majlis Qonunchilik

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:right">palatasining Agrar va suv xo'jaligi

4.2pt; margin-right:14.15pt; text-align:right">masalalari qo'mitasi a'zosi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!