Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:14
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Shukurullo Isroilov 22 yil avval mast holdagi militsiya xodimini urib yuborgani haqida so'zlab berdi

 31 MART, 18:50 183

.

Taniqli so'z ustasi Shukurullo Isroilov «Sevimli» telekanalining «Mashhurlar» ko'rsatuvida 22 yil avval militsiya xodimini mashinasida urib yuborgani, hodisa oqibatida jabrlanuvchi vafot etgani haqida so'zlab berdi.

«1999 yili mashinada kelayotganimda mast holatdagi militsiya xodimi yo'limga chiqib ketib, urilib, aylanib, boshi bilan tushgan asfaltga. Darhol mashinaga ortib, kasalxonaga olib borganman. O'sha erda vafot etgan. Endi bu falokat, hech kim ko'chaga o'laman deb chiqmaydi. Uning aybi ichganida bo'lgan. Kelayotganimda chayqalib, yo'limga chiqib ketib qolgan. Endi taqdiri shunaqa ekan. Uning ayoliga qaraganman, ular asli viloyatdan bo'lgan. Toshkentga propiska qilib berganman, uy olib berganman. Tashlab qo'ymaganman. Bolalari katta bo'lib qoldi hozir. Shu paytgacha boqib, rozi-rizolik qilganmiz», — deydi so'z ustasi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!