Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:42
telegram
La Liga. «Real» o'z uyida «Barselona»ni taslim etib, peshqadam «Atletiko»ga etib oldi

 11 APREL, 11:55 89

.

Futbol bo'yicha Ispaniya La Ligasining 30-turida «Real» va «Barselona» jamoalari 10 aprel, shanba kuni o'zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Karim Benzema qanotdan uzatib berilgan to'pga tovoni bilan zarba berib, chiroyli golga muallif bo'ldi. 28-daqiqada Toni Kroosning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi himoyachilarga teggan holda darvozadan joy oldi.

Ikkinchi bo'limda katalonlar faollikni oshirdi. 60-daqiqada Oskar Mingesa hisobni qisqartirishga erishdi. Qolgan vaqtda har ikki jamoa vakillarida bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Bundan tashqari uchrashuv yakunlanishi arafasida Kazemironing chetlatilishidan keyin madridliklar bir o'yinchi kam bo'lib qoldi. Biroq hisob boshqa o'zgarmadi.

Ushbu g'alabadan keyin «Real» ochkolarini 66 taga etkazib olgan holda peshqadam «Atletiko»ga etib oldi. «Barselona» 65 ochko bilan uchinchi o'ringa tushdi.

«Real Madrid» — «Barselona» uchrashuvida urilgan gollarni bu erda tomosha qilish mumkin — video.

La Liga

30-tur bahslari

10 aprel, shanba

«Real Madrid» — «Barselona» 2:1

Gollar: 1:0 – 13 Benzema, 2:0 – 28 Kroos, 2:1 – 60 Mingesa.

«Real Madrid»: Kurtua, Mendi, Militao, Nacho, Vaskes (Odriosola, 43), Modrich, Kroos (Isko, 72), Valverde (Asensio, 61), Kazemiro, Vinisius Junior (Marselo, 72), Benzema (Mariano Dias, 72).

«Barselona»: ter Shtegen, Dest (Grizmann, 46), Mingesa, Arauxo (Moriba, 72), Alba, Dembele (Breytueyt, 81), Buskets (Serxi Roberto, 64), Pedri (Trinkau, 81), de Yong, Langle, Messi.

Ogohlantirishlar: Pedri (23), Arauxo (26), Nacho (69), Alba (84), Kazemiro (89).

Chetlatish: Kazemiro (90).

«Xetafe» — «Kadis» 0:1

Gol: 0:1 – 64, avtogol Timor.

«Atletik B» — «Alaves» 0:0 «Eybar» — «Levante» 0:1

Gol: 0:1 – 45 De Frutos.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!