Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:10
telegram
OAV: Yaponiya Fukusimadagi radioaktiv suvlarni okeanga chiqarishga qaror qildi

 11 APREL, 11:45 81

.

Yaponiya hukumati Fukusima AESning tozalangan radioaktiv suvlarini okeanga chiqarib yuborishga qaror qildi. Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Fukusimaning chiqindi suvlari maxsus omborlarda saqlanmoqda, ular tozalangan, lekin tarkibida avvalgidek radioaktiv tritiy mavjud.

Tokyo Electric Power kompaniyasining mutaxassislari suvni nasos bilan tortib, AES hududida joylashgan maxsus po'lat idishlarga joylashtirmoqda.

Hukumat komissiyasi bu ishni o'tgan yili amalga oshirishni tavsiya qilgan edi, lekin mazkur qaror iste'molchilarning ushbu hududdagi dengiz mahsulotlarini rad etishidan xavotirga tushgan baliqchilik sanoati vakillarining ko'plab e'tirozlariga sabab bo'lgan.

Xabarlarga ko'ra, Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga Baliqchilik majmualari umumyapon assotsiatsiyasi rahbari Xirosi Kisi bilan uchrashgan. U hukumat rahbariga hali ham Tokioning rejalaridan norozi bo'lgan baliqchilik sanoatining pozitsiyasi to'g'risida gapirgan.

Bu qaror 13 aprel kuni bo'lib o'tadigan vazirliklar va baliqchilik sanoati boshqarmasining majlisida rasman e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, 2011 yilning mart oyida sodir bo'lgan tsunami oqibatida Fukusima-1 AESning sovutish tizimi ishdan chiqqan edi. Natijada havoga va suvga ko'p miqdorda raiatsiya tarqalgan. Stantsiyadan 20 kilomet radiusdagi 140 ming aholi evakuatsiya qilingan.

Shuningdek, «Fukusima-1» atom elektr stantsiyasi hududida juda ko'p miqdorda radioaktiv moddalarga boy suv sizib chiqqani aniqlangan.

Avvalroq Yaponiyaning Fukusima prefekturasidagi radioaktiv qoldiqlarni tozalash ishlaridan so'ng qolgan tuproq qatlami, daraxt shoxlari, o'tlar va boshqa chiqindilarni qayta ishlash xarajatlari uchun 440,1 milliarddan 675,6 milliard iena (taxminan, 4,2—6,4 milliard dollar)gacha mablag' talab etilishi ma'lum bo'ldi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!