Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 21:23
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Namanganlik ayol 2 nafar bolasini ko'prikdan daryoga tashlamoqchi bo'ldi

 31 MART, 18:40

Namanganda ikki nafar farzandini Sirdaryo daryosiga tashlamoqchi bo'lgan ayol to'xtatildi, deya xabar qilmoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Xabarga ko'ra, 28 mart kuni soat 09:30 larda Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida yashovchi 42 yoshli ayol ikki nafar (6 va 3 yoshdagi) farzandlarini daryoga tashlamoqchi bo'lgan.

Fuqaro A.Sh. Mingbuloq tumanidan oqib o'tuvchi Sirdaryo daryosi ustida joylashgan ko'prikdan bolalarini suvga tashlamoqchi bo'lgan vaqtda ushbu hududda xizmat o'tayotgan Qo'riqlash boshqarmasi 2-alohida otryad xodimlari tomonidan to'xtatib qolingan.

 

Holat bo'yicha To'raqo'rg'on tuman IIB, tuman hokimiyat vakillari va oila a'zolariga xabar berilgan. Hozirda tuman IIB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR