Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:33
telegram
Shahzoda Filippning dafn marosimi 17 aprelga belgilandi. Ungacha Britaniyada milliy motam davom etad

 11 APREL, 11:40 86

.

Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning turmush o'rtog'i, Edinburg gertsogi Filippning dafn marosimi 17 aprel kuni bo'lib o'tadi. Bu haqda Bukingem saroyi ma'lum qildi.

Marosim mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00) da boshlanib, televidenie orqali translyatsiya qilinadi. Filipp Vindzordagi Avliyo Georgiy butxonasiga dafn etiladi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli marosim ishtirokchilari soni cheklanadi. Tobut ko'taruvchilar, Vindzor dekani va Kenterberiy arxiepiskopidan tashqari, danf marosimida 30 kishi qatnashadi. Ular orasida shahzoda Garri ham bo'ladi, marosimda qatnashish uchun u AQShdan uchib keladi. Ammo uning rafiqasi Megan Markl dafn marosimiga kelmaydi: homiladorligi sababli shifokorlar unga parvoz qilmaslikni tavsiya etgan.

Dafn marosimi kunigacha Buyuk Britaniyada milliy motam davom etadi. Bu vaqt mobaynida mamlakatda davlat bayroqlari tushiriladi (qirolicha o'z qarorgohida ekanligini bildiruvchi qirollik standartidan tashqari). Qirollik oilasi ikki haftalik motamga amal qiladi.

10 aprel kuni qirollik shaharlarida, harbiy bazalarida va kemalarida shahzodaning xotirasiga zambaraklardan to'p otib salyut berildi. To'plar 41 martadan otildi. Bunday salyutlarni Avstraliya va Yangi Zelandiya armiyalari ham amalga oshirdi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Edinburg gertsogi Filipp bilan vidolashuv marosimida ishtirok etmasligini ma'lum qildi, shu tariqa u dafn marosimida marhumning qarindoshlari uchun ko'proq joy bo'lishini istagan.

«Bosh vazir doim qirollik saroyi manfaatlaridan kelib chiqib ish tutishni istagan, shuning uchun dafn marosimida oilaning iloji boricha ko'proq a'zolari qatnashishini xohlamoqda», — deyiladi bosh vazir devoni tarqatgan xabarda.

Bukingem saroyi fuqarolardan qirollik qarorgohlariga gullar va boshqa esdalik sovg'alar yubormaslikni, buning o'rniga kichik xayriyalarni amalga oshirishni so'radi. Bundan tashqari, saroy saytida onlayn kitob ochilgan bo'lib, unda hamdardlik bildirish va xayriya qoldirish mumkin.

Eslatib o'tamiz, Shahzoda Filipp 9 aprel kuni — 100 yoshga to'lishiga ikki oy qolganida vafot etdi. 2020 yil noyabr oyida Elizavetta II va shahzoda Filipp o'z to'ylari bo'lib o'tgan sananing 73 yilligini nishonlagan edi. Shahzoda Filipp sog'lig'i yomonlashgani tufayli Bukingem saroyining rasmiy tadbirlarida 2017 yildan buyon ishtirok etmay kelayotgandi. U 2021 yilning fevral oyida shifoxonaga yotqizilgandi. Shahzoda Filipp u erda bir oy davolangan va yuragini operatsiya qildirgan. Shundan so'ng unga kasalxonadan javob berilgan va u o'zining yozgi qarorgohiga qaytib kelgan edi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!