Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:09
telegram
Vladimir Zelenskiy Ukrainaning sobiq prezidenti va «Donetskoblgaz» egalariga qarshi sanktsiyalar kir

 11 APREL, 11:40 69

.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining bir qator jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanktsiyalar e'lon qilish to'g'risidagi qarorini ma'qulladi. Ular orasida mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich, sobiq bosh vazir Nikolay Azarov, shuningdek, «Donetskoblgaz»ning 49,9 foiz aktsiyalariga egalik qiluvchi Gonkongning ikkita kompaniyasi bor. Bu haqda «Kommersant'» xabar berdi.

«Ukraina Vazirlar Mahkamasi va Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan shaxsiy, maxsus iqtisodiy va boshqa cheklov choralarini qo'llash hamda o'zgartirishlar kiritish bo'yicha kiritilgan takliflarni qo'llab-quvvatlash», — nomi bilan qaror taqdim etilgan prezident saytida.

Shuningdek, Davlat dumasi deputati Natalya Poklonskaya va Qrim rahbari Sergey Aksenovga ham sanktsiyalar e'lon qilindi. Ro'yxatga jami 27 kishi kiritildi.

Rossiyaning «ISS-Soft» hamda Gonkongning Endless Moonlight va Trading Field kompaniyalariga nisbatan ham cheklovlar o'rnatildi.

2021 yilning yanvar oyida Ukraina Davlat tergov byurosi (DTB) mamlakatning sobiq prezident Viktor Yanukovichga nisbatan, 2010 yilda Rossiyaning Qora dengiz flotini Qrimga joylashtirish bo'yicha Xarkov shartnomalarini imzolagani uchun, davlat to'ntarishiga urinish bo'yicha ayblov e'lon qildi.

Avvalroq Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) tomonidan Oliy Rada deputati va «Muxolifat platforma — Hayot uchun» partiyasi etakchisi, «Putinning otasi» nomi bilan tanilgan Viktor Medvedchukka qarshi sanktsiyalar joriy qilgan edi.

Shuningdek, hukumat mart oyida 23 nafar rossiyalik va uchta frantsiyalik jismoniy shaxsga nibatan ham sanktsiyalar kiritdi. Ular orasida Rossiya fuqarolari — senator Lyudmila Narusova va akademik, Rossiya Fanlar akademiyasining Federal ilmiy-tadqiqot ijtimoiy markazi direktori Mixail Gorshkov ham bor.

Ma'lumot uchun, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 5- va 6 aprel kunlari NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, Buyuk Britaniya va Kanada bosh vazirlari Boris Jonson va Jastin Tryudo bilan muzokaralar o'tkazdi. Zelenskiy Jonson va Tryudodan Rossiyaga xalqaro bosimni kuchaytirishni va Ukraina uchun NATOga a'zolik harakatlari rejasini (MAP) ishlab chiqishga yordam berishni so'radi. Kreml esa bu Donbassdagi inqirozni yanada kuchaytirishini aytdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!