Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:39
telegram
Jazoir sentyabr oyidan boshlab Sputnik V vaktsinasini ishlab chiqaradi

 11 APREL, 11:20 89

.

Jazoir Rossiya bilan hamkorlikda shu yilning sentyabr oyidan Sputnik V vaktsinasini ishlab chiqarishni boshlaydi. Jazoirda ishlab chiqarilgan rus vaktsinasining bir qismi Afrika davlatlariga beriladi. Bu haqda Jazoir farmatsevtika sanoati vaziri Lotfi Benbahmed ma'lum qilgan.

Jazoir fevral oyida Rossiya bilan Sputnik Vni ishlab chiqarish bo'yicha muzokaralar olib borayotganini ma'lum qilgandi. Moskva hozirgacha shimoliy Afrikada joylashgan ushbu mamlakatga 50 ming dozada vaktsina etkazib bergan.

“Biz vaktsinaga bo'lgan ehtiyojni qondirish yo'lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishimiz kerak. Sentyabr oyida Jazoirda vaktsinani ishlab chiqarishga tayyor bo'lamiz ” dedi vazir Lotfi Benbahmed davlat radiosida qilgan chiqishida.

Benbahmedning aytishicha, Sputnik V vaktsinasi Saidal davlat farmatsevtika mahsulotlari firmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi. Saidal kompaniyasi vaktsinalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan etakchi hind kompaniyalaridan yordam oladi.

«Ayni paytda uchta qo'mita Rossiya tomonidan taqdim etilgan texnologiyalarni olib kelish ustida ishlamoqda. Bu bilan Jazoir Afrika aholisini emlashda o'z hissasini qo'shadi» deydi Benbahmed.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!