Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:17
telegram
​Emlash ro'zani buzadimi? O'zbekiston musulmonlari idorasi javob berdi

 11 APREL, 10:30 105

.

Koronavirusga qarshi emlangan ro'zadorning ro'zasi buziladimi, degan savolga O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati javob berdi.

Idoraning yuqoridagi savolga bergan javobi matnini to'lig'icha taqdim qilamiz.

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bugungi kundagi to'rt mazhab ulamolari teri osti, mushaklar orasi yoki yonboshga ukol qilish bilan ro'za buzilmasligiga ittifoq qilishgan. Chunki ro'zani eb-ichish ma'nosidagi narsalar buzadi. Eb-ichish esa odatiy yo'llar orqali bo'ladi. Teri teshiklaridan yoki noodatiy yo'llardan terining orasiga biror narsa kirishi, masalan, ilon chaqib olishi (tomirdan chaqsa ham), sovuq suvda g'usl qilish natijasida badan orasidan ichkariga suv o'tishi ro'zani ochmasligiga barcha ulamolar ittifoq qilishgan.

Bu haqda «Al-Fatovo al-hindiya» kitobida shunday deyiladi:

«Terining orasidan ichkariga yog' kabi narsalarning kirishi ro'zani ochmaydi. ‘Sharhul Majma’da shunday keltirilgan». Iqtibos tugadi.

Endi aynan koronavirusga qarshi emlashga kelsak, u ham teri osti va mushakka qilinadigan ukollardan biri. Buning ustiga oziqlantiruvchi emas. Yuqoridagi fatvolarga binoan ro'zador holda ham uni olish joiz, bu ish ro'zani buzmaydi.

Ramazon oyida emlashga to'g'ri kelishi sababli bu masalada bir qancha fatvo uyushmalari o'z fatvolarini e'lon qilishdi.

Jumladan, Kuvayt vaqf vazirligi, Iordaniya fatvo uyushmasi, Saudiya umumiy muftiysi va katta ulamolar hay'ati raisi Shayx Abdulaziz Oli Shayx, Azhar xalqaro elektron fatvo markazi, «Dorul ifto» (Misr) fatvo markazi ro'zador kishi emlash olishi ro'zani buzmasligiga fatvo berdi. Chunki ro'zani buzuvchi narsalar odatiy yo'llardan kirib, oshqozonga etib boradi. Emlashda esa eb-ichish ma'nosi yo'q va u odatdagi yo'llardan tanaga kirmaydi. Balki noodatiy bo'lgan teri ostidan kirib boradi. Bu ro'zani buzmaydi. Vallohu a'lam.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!