Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:05
telegram
«Navro'z» to'yxonasi poydevori 27 sm qiyshayganmidi? Qurilish vazirligi holat bo'yicha bayonot berdi

 11 APREL, 10:05 79

.

Qurilish vazirligi Toshkent shahridagi «Navro'z» qabullar uyining buzilishi bo'yicha bayonot berdi. Vazirlik xabariga ko'ra, «Navro'z» kompleksini ham zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablari asosida rekonstruktsiya qilish maqsadida batafsil texnik ko'rikdan o'tkazilgan.

«Navro'z» kompleksi 1980 yillarda o'sha davrning texnik reglamentlari, shaharsozlik talablari hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq qurilgan.

Texnik ko'rik natijalariga ko'ra:

- bino poydevori ostiga uzoq yillar davomida namlik o'tganligi sababli 27 smga qiyshaygan;

- asosiy yuk ko'taruvchi konstruktsiyalarning mavjud holati ularda katta hajmdagi kuchaytirish ishlarini amalga oshirishni taqozo qiladi;

- yong'in xavfsizligini ta'minlash va energiya tejamkorligini oshirish choralarini ko'rish talab qilinadi.

Qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish hisob-kitoblarga ko'ra katta mablag'larni talab qilmoqda va iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq emasligi ko'rindi.

Shu sababli:

- aholi xavfsizligi;

- konstruktiv mustahkamligi va barqarorligi;

- seysmik xavfsizligi va mustahkamligi;

- yong'in xavfsizligi;

- salomatlik va atrof-muhit muhofazasini;

- imkoniyatlari cheklangan shaxslarning foydalanishi mumkinligini hisobga olgan holda

Qayd qilinishicha, «Navro'z» kompleksi o'rnida barcha texnik va zamonaviy qurilish talablariga javob beradigan yangi inshoot ya'ni kutubxona barpo etilishi maqsadga muvofiqligi to'g'risida qaror qabul qilindi. Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki oxirgi yillarda «Navro'z» majmuasi texnik jihatdan talabga javob bermaganligi inobatga olinib, faoliyati to'xtatilgan edi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!