Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:47
telegram
OSIYoDA DORI VOSITALARINI IShLAB ChIQARISh BO'YIChA ETAKChI SANTO KOMPANIYaSI TOShKENTDAGI XALQARO S

 10 APREL, 22:25 87

.

O'rta Osiyoda dori vositalarini ishlab chiqarishda etakchi hamda Polpharma Evropa kompaniyasi qismi hisoblangan SANTO kompaniyasi 2021 yilning 1 yanvarida O'zbekistondagi vakilligini ochdi va 5 apreldan 7 aprelga qadar Toshkent shahrida o'tkazilgan «Innoprom. O'zbekistondagi katta sanoat haftaligi» sanoat ko'rgazmasida ishtirok etdi. Xalqaro darajadagi yirik ekspozitsiyada Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistondan 300dan oshiq kompaniya o'z mahsulotlarini taqdim etdi.

SANTO kompaniyasi va uning ishlab chiqaruvchi kuchi Markaziy va Sharqiy Evropa, Kavkaz va O'rta Osiyo bozorlarida faoliyat olib boruvchi Polpharma xalqaro farmatsevtik guruhining bir qismi hisoblanadi. Tashkilotni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish uchun ajratilgan 108 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsion mablag' tufayli bugun kompaniya O'rta Osiyo bozorlariga hamyonbop, GMP xalqaro sifat standartlariga mos dori vositalarini etkazib bermoqda. SANTO kompaniyasining ishlab chiqarish quvvati har yili 653 mln tabletka, kapsula va granula, 193,8 mln in'ektsiya eritmali ampula, 2,6 mln infuzion eritmali paket va butilka, 35,4 mln flakon antibiotik kukuni (tsefalosporinlar), 14 mln flakon antibiotik kukuni (penema / mitsina), 7,7 mln suyuq peroral dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Kompaniyaning investitsion loyihasini amalga oshirish, uning korxona ishlab chiqarish potentsiali rivojiga ijobiy ta'siri, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan dorilar ko'lamini oshirish hamda O'rta Osiyo davlatlari bozorlaridagi hamkorlikka oid muvaffaqiyatli tajriba haqida SANTO bosh direktori Iji Urbanets so'zlab berdi.

«Biz bunday keng qamrovli va nufuzli voqea ishtirokchisiga aylanganimizdan xursandmiz, - dedi SANTO kompaniyasi bosh direktori Iji Urbanets. – Bizga sanoatning yangi o'sish nuqtalarini izlash, turli mamlakatlar vakillari o'rtasida biznes-aloqalarni kengaytirishga qaratilgan mazkur ko'rgazmaning maqsadlari yaqin va tushunarli hamda biz Evroosiyo hududidagi hamkorlikka oid muvaffaqiyatli tajribamiz bilan bo'lishishimiz mumkin. Shu yildan Toshkent shahrida kompaniyamizning yana bir vakillik ofisi ish boshlagani ham ramziy ma'noga ega».

Bugungi kunda SANTO xastaliklarni davolashning turli sohalariga oid 12ta farmakoterapevtik guruhdagi 240dan ortiq generik preparatlar portfeli bilan O'rta Osiyoda farmatsevtik ishlab chiqarish bo'yicha etakchilardan biri sanaladi.

Kompaniya O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'izistonda o'zining ofislariga ega va Rossiya, Ukraina, Mongoliya, Turkmaniston, Tojikiston kabi davlatlar bozorlariga eksportni amalga oshiradi. 2021 yilning yanvaridan Polpharma kompaniyasining O'zbekistondagi vakilligi SANTO kompaniyasining ofisi sifatida ish boshladi.

«Jamoa bu erda yangi strategik vazifalarni shakllantirmoqda, - deydi Iji Urbanets. - Biz yangi bozorda mahsulotlarimiz etakchiligiga erishishni maqsad qilganmiz».

Bu gapni ishonch bilan aytish uchun Iji Urbanetsda barcha asoslar bor, bugun SANTO bozorga yangi mahsulotlarni chiqarib, moliyaviy barqarorlik va turg'unlikni namoyish etmoqda. Faqat o'tgan yilning o'zida bozorga 12ta yangi preparat chiqarilgan. Ilk marotaba kompaniya mahsulot aylanmasi 100 million dollarga yaqinlashdi, savdo hajmi 42 mlrd tenge ko'rsatkichiga etdi, o'sish 30 foizni tashkil etdi.

Uning so'zlariga ko'ra, SANTO kelgusida ham O'rta Osiyoda etakchilikni rivojlantirish niyatida. 2025 yilga borib yangi preparatlarni o'zlashtirish rejalashtirilgan, bunda kompaniyaning Qozog'istondagi zavodida yaratilgan 50dan ortiq dori pozitsiyalarini ishlab chiqarish ko'zda tutilmoqda. Bularning barchasi kompaniyaning tor yo'nalishda ishlash emas, balki barcha dori shakllari va preparatlarining keng tarmog'iga ega bo'lish istagini ko'rsatadi. Qolaversa, farmatsevtikadagi investitsion loyihalar davlat tomonidan yaxshigina qo'llab-quvvatlanadi. Farmatsevtika bozorida etakchi hamda mamlakat sog'liqni saqlash tizimida ishonchli hamkor bo'lish, O'zbekistonning taniqli va hurmatga sazovor brendiga aylanish – bugun SANTO’ga aynan mana shu istiqbolli maqsadlar ilhom bermoqda. «Biz mamlakatlarimizni sevamiz, odamlar haqida qayg'uramiz va ularga sog'lom bo'lishda yordam berishni maqsad qilganmiz, ular o'zlarini yanada yaxshiroq his qilishi, ko'proq ishlarni amalga oshira olishi va ko'proq umr ko'rishini istaymiz», - deya so'zini yakunladi Urbanets.

SANTO haqida:

SANTO Member of Polpharma Group (SANTO kompaniyasi) savdo belgisi ostidagi «Ximfarm» AJ – Polpharma xalqaro farmatsevtik guruhining Markaziy va Sharqiy Evropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bozorlarida faoliyat olib boruvchi qismi. Kompaniya Qozog'iston va Markaziy Osiyo bozorlari uchun yuqori sifatga ega hamyonbop dori vositalarini yaratadi, ishlab chiqaradi va etkazib beradi. Bugun SANTO kompaniyasi Qozog'iston farmatsevtik ishlab chiqaruvchilari orasida etakchi o'rinni egallamoqda. Kompaniya portfeli terapiyaning turli sohalarida xastaliklarni davolash uchun 12ta farmakoterapetik guruhda 240 generik preparatni o'z ichiga oladi.

Kompaniya 8ta mamlakat - Rossiya, Ukraina, Qirg'iziston, Mongoliya, O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikistonga eksportni amalga oshiradi va Qozog'iston bozori ehtiyojlarini ta'minlaydi.

Qo'shimcha ma'lumot:

Tatyana Filipchik, SANTO kompaniyasining

mintaqaviy PR-menedjeri

e-mail: tatyana.filipchik@santo.kz

www.santo.kz

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!