Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 13:40
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

O'zbek o'quvchilari Rossiyada g'olib bo'ldi

 10 APREL, 20:40

2021 yil 25 mart kuni Rossiya davlatida o'tkazilgan «DETAL'KA-2020» raqamli texnologiyalar, ta'lim robotlari va nerotexnologiyalar oltinchi xalqaro tanlovida 10 nafar o'zbekistonlik o'quvchi g'olib bo'ldi.

Ma'lum qilinishicha, onlayn tarzda o'tkazilgan xalqaro tanlovda 25 ta davlatdan jami 437 nafar o'quvchi-yoshlar ishtirok etgan bo'lib, xalqaro tanlov 3 ta yosh toifasida va «Eng yaxshi muhandislik echimi», «Eng yaxshi texnologik loyiha» yo'nalishlarida o'tkazilgan.

Xalqaro tanlovda O'zbekiston sharafini 10 nafar «Barkamol avlod» bolalar maktabi to'garak a'zolaridan iborat jamoasi ishtirok etdi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR