Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:48
telegram
Boy va qashshoq davlatlarda emlash tezligi solishtirildi

 10 APREL, 19:35 60

.

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar ulushi besh foizga yaqinni tashkil qilmoqda, ammo vaktsinalarning kattagina qismini boy davlatlar olgan, deb xabar qildi Bloomberg.

Agentlik ma'lumotiga ko'ra, emlash ishlarining umumiy miqdoridan 40%i 27ta o'ziga to'q davlatlarda amalga oshirilgan. Bu davlatlar umumiy aholisi dunyo ahlining 11 foizini tashkil etadi.

Shu bilan birga, qashshoq davlatlarda vaktsina olish ko'rsatkichi umumiy miqdordan 1,6%ni tashkil qiladi.

Shu tarzda, qashshoq mamlakatlar aholisi 25 marta sekinroq emlanmoqda.

Amerika Qo'shma Shtatlarida emlash ishlari emlanish ko'rsatkichining 24 foizini tashkil qilgan, Shtatlarda Er aholisining 4,3 foizi istiqomat qiladi.

Masalan, Pokistonda o'z navbatida insoniyatning 2,7% yashaydi. Ammo u erda vaktsinalash ulushi jahondagi ko'rsatkich bilan solishtirganda atigi 0,1% ni tashkil etmoqda. Boy davlatlarda barcha fuqarolarni bir necha marta emlashga etadigan miqdorda vaktsinalarni sotib olish tendentsiyasi saqlanib qolmoqda, deya aniqlik kiritadi agentlik.

Afrika eng kambag'al mintaqa bo'lgani holda, u erda COVID-19ga qarshi emlanish ko'rsatkichi eng pastdir. 54ta davlatdan faqat uchtasida 1%dan ko'p aholi emlangan, 20ta davlatda esa koronavirusga qarshi vaktsinalash kampaniyalari hali boshlanmagan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!