Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:54
telegram
Frantsiyada noma'lum kishilar masjidga o't qo'ydi

 10 APREL, 19:15 82

.

Frantsiyaning Nant shahrida noma'lum kishilar “Ar-Rahmon” masjidini yoqib yubordi. Mahalliy OAV xabariga ko'ra, masjid devoriga zarar etgan, kirish eshigi butunlay yonib ketgan.

Ushbu hodisa payshanbadan jumaga o'tar kechasi yuz berdi. Ma'lum bo'lishicha, avvaliga masjid oldida turgan va ichi karton qutilarga to'la uchta konteynerga o't qo'yilgan. Shundan so'ng yong'in masjid binosiga o'tgan, eshigi yog'ochdan bo'lgani sababli qisqa fursatda yonib ketgan.  

Masjid atrofidan benzin kanistri topilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda, kuzatuv kameralarining tasvirlarni ko'rib chiqilyapti.

Frantsiya musulmonlar kengashi (CFCM) Tvitterdagi sahifasida mazkur hodisa musulonlarga nisbatan nafratning oqibati ekanligini ma'lum qildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!