Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:21
telegram
“Shri-Lanka go'zali" tanlovi katta janjal bilan yakun topdi

 10 APREL, 19:10 93

.

"Missis Shri-Lanka-2021” tanlovining final bosqichida g'olib bo'lgan sohibjamol va hay'at a'zosi o'rtasida janjal yuzaga keldi.

Sputnik Turkiya xabariga ko'ra, "Missis Shri-Lanka" unvoniga Pushpika De Silva sazovor bo'lgan, ammo toj kiydirish marosimi vaqtida hay'at a'zolaridan biri sahnaga otilib chiqib onlayn-efirda Pushpikaning boshidan tojni yulib olgan. Jyuri a'zosi Pushpika ajrashganligini, demak-ki u tanlov g'olibiga aylana olmasligini iddao qilgan.

"Mavjud qoidalarga muvofiq, ajrashgan ayollar tanlovda qatnashish huquqiga ega emaslar. Aynan shu bois, tojni ikkinchi o'ringa munosib ko'rilgan go'zalga tortiq etish lozim", — deb baqirgan sahnada turib tanlov natijasidan norozi Karolin.

Tojidan mahrum bo'lgan go'zal ko'zida yosh bilan sahnani tark etgan.

Sal keyin g'olib Facebookda o'zining ajrashganligi haqidagi ma'lumotlarni rad etgan.

Natijada tanlov tashkilotchilari g'olib ayoldan uzr so'rashgan va unga tojni qaytarib berishgan. Gap shundaki, De Silva eri bilan birga yashamasa-da, ammo rasman ular ajrashishmagan. Tanlovdagi g'alabasini ayol yolg'iz ayollarga bag'ishlagan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!