Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 00:15
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Qozog'istonda Xitoyga qarshi namoyish, "kamida 20 kishi qo'lga olingan"

 31 MART, 09:00

 

 

Xabarlarga ko'ra, Qozog'istonda Xitoyning kuchayib borayotgan iqtisodiy ta'siriga qarshi yuzlab odam namoyishga chiqqan. Namoyishchilar Shinjonda qozoqlar, uyg'urlar va boshqa turkiyzabon millatlarning ta'qib etilishini ham qoralashgan.

Ma'lum bo'lishicha, namoyishlar 27 mart kuni poytaxt Nur-Sulton, Olma ota va yana Qozog'istonning bir qancha shaharlarida bo'lib o'tgan.

Namoyishlar arafasida kamida 20 kishi qo'lga olingan. Internetda cheklovlar kuzatilgan.

Bu haqda Ozodlik radiosi Qozoq xizmati xabar bergan, o'z xabarida namoyishlar aks etgan videotasvirlarni ham ilova qilgan.

Norozilik chiqishlari mamlakatda faoliyati taqiqlangan Qozog'iston Demokratik Tanlovi va rasman ro'yxatdan o'tmagan Qozog'iston Demokratik partiyalari tomonidan uyushtirilgani aytilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, namoyishchilar Xitoy bilan qo'shma korxonalar qurish va Qozog'iston iqtisodiga Xitoy sarmoyalarini kiritish, o'z ta'birlarida, Xitoyning "Qozog'istondagi ekspaniyasi"ga qarshi chiqishgan.

Shuningdek, ular Shinjonda uyg'urlar, qozoqlar va boshqa turkiyzabon millatlarning ta'qib etilishi ham qoralashgan.

 

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR