Toshkent metrosidagi ko'ngilsiz holat tufayli uch kishi ishdan bo'shatildi
10 APREL, 18:20
Oldinroq metroning "Pushkin" va "Buyuk ipak yo'li" bekatlari oralig'ida vagon eshigi yopilmay qolgani haqida xabar bergandik.
O'zbekiston temir yo'llarining xabar berishicha, mazkur noxush hodisa tufayli mashinist, elektromontyor-chilangar va elektr harakatlanuvchi tarkibning katta ustasi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda "bugun.uz" yozmoqda.
Manbaga ko'ra, elektr bazasi boshlig'ining elektr harakatlanuvchi tarkibini ta'mirlash bo'yicha o'rinbosari ish haqining 40 foizi miqdorida jarimaga tortilgan.
Manba: aniq.uz