Ravshan Ermatov lavozimidan ozod etildi
10 APREL, 16:35
Prezidentning tegishli farmoni (PF-6203, 09.04.2021y) asosida Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqlandi;
? Shuningdek, Prezidentning tegishli qarori (PQ-5069, 09.04.2021y) asosida:
➖ Ulug'bek Axmadovich Azamov turizm va sport vazirining birinchi o'rinbosari lavozimiga; ➖ Abdulaziz O'rolboevich Aqkulov turizm va sport vazirining o'rinbosari lavozimiga; ➖ Avazjon Qudratillaevich Karimov turizm va sport vazirining o'rinbosari lavozimiga; ➖Zarif Ochilovich Kazakov turizm va sport vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
? Prezidentning tegishli qarori (PQ-5067, 09.04.2021y) asosida boshqa ishga o'tishi munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Sayfiddinovich Ermatov hamda jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Nodir Xujamqulovich Murotov lavozimidan ozod etildi;
? Prezidentning tegishli qarori (PQ-5068, 09.04.2021y) asosida boshqa ishga o'tishi munosabati bilan Faxriddin Umarovich Davrukov Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining o'rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Manba: aniq.uz