Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:24
telegram
Navoiyda homilasi nobud bo'lgan ayolning o'limiga hamshiraning ukoli sabab bo'lgani rostmi?

 10 APREL, 15:00 92

.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ota va nabiralarning qo'llarida “Shifokorlar sabab biz onasiz qoldik” degan yozuv bilan qilgan murojaatlari yuzasidan munosabat bildirildi.

Shu yilning 16 mart kuni Navoiy viloyat perinatal markazi ginekologiya bo'limiga 12 haftalik homilasining nobud bo'lganligi bilan murojaat qilgan Navbahor tumani O'zbekiston MFYda yashovchi, 1985 yilda tug'ilgan O.F  “Homiladorlik 4. 14-xafta  4-kun Tug'ruq 3. Rivojlanmay qolgan homila” tashxisi bilan qabul qilingan. 

Bemor bo'limda davolash-tashxislash standartlari asosida to'liq tekshiruvlardan o'tkazilib, homilaning uch xaftadan ortiq rivojlanmay qolganligi, umumiy qon tahlilida leykotsitlar miqdori normadan oshganligi  inobatga olinib, septik asoratlarning oldini olish va  antibiotiko-profilaktika maqsadida “Tseftriakson” dori vositasining 1,0 grami mushak orasiga sinamasidan so'ng in'ektsiya o'tkazish tavsiya berilgan. 

2021 yil 16 mart kuni soat 17:50 lar atrofida muolaja hamshirasi tomonidan ushbu dori vositasi bilan o'ng bilak sohasiga sinama qo'ygandan keyin to'satdan anafilaktik reaktsiya, anafilaktik  shok  va klinik o'lim holati kuzatilgan. O'tkazilgan tezkor reanimatsion chora-tadbirlardan so'ng yurak faoliyati tiklanib, reanimatsiya bo'limida uzaytirilgan su'niy nafas berish apparatida intensiv davo muolajalari davom ettirilgan.

Davolash jarayonida 17, 23 va 25 mart kunlari mamlakatimizning  malakali anesteziolog va reanimatologlari tomonidan ko'rilib, kerakli tavsiyalar berilgan va buyurilgan tavsiyalar asosida davo muolajalari olib borilgan.

O'tkazilgan intensiv davo muolajalariga qaramasdan 2021 yil 25 mart kuni bemor O.F.da biologik o'lim qayd qilingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.    

Navoiy viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!