Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 20:06
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Muntazam qaynoq choy ichish jiddiy xastaliklarga sabab bo'ladi

 10 APREL, 12:50

Mutaxassislar issiq choy ichishning xavfli oqibatlarini sanab o'tdilar. 

Turkiyaning "Cumhuriyet" gazetasining yozishicha, olimlar bir necha yil davomida tez-tez 65 ° C dan yuqori haroratda choy ichib yurgan 500 ming kishini kuzatib borgan. Ma'lum bo'lishicha, ushbu odat tufayli qizilo'ngach saratonining rivojlanish ehtimolini oshgan.

«Tadqiqotlarga ko'ra, Turkiyaning sharqida, Xitoy, Qozog'iston, Tojikiston, O'zbekistonda choy va issiq ichimliklarni tez-tez iste'mol qilish sababli qizilo'ngach saratoni juda tez-tez kuzatilmoqda», dedi gastroenterolog, professor Vedat Geral.

Shifokorning qo'shimcha qilishicha, sigareta va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish bu xavfni yanada oshiradi.

«Agar chekuvchi tez-tez issiq choy ichsa, unda saraton kasalligi xavfi ikki baravar, u spirtli ichimlik ham ichsa, u holda besh marta ko'payadi», deydi mutaxassis.

Shu bois mutaxassis idishni qo'lda tutib bo'lmaydigan darajadagi issiq choyni ichmaslikni maslahat bermoqda. 

«Eng yaxshisi, bir necha daqiqa kutib turing, ichimlik soviydi. Bundan tashqari, kuniga uch-to'rt stakandan ko'proq ichmang», deydi mutaxassis.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR