Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:55
telegram
Hindistonda koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada yong'in sodir bo'ldi

 10 APREL, 12:05 81

.

Hindistonning Nagpur shahrida koronavirus bilan kasallanganlar davolanayotgan kasalxonada yong'in sodir bo'ldi, deb xabar beradi mahalliy Hindustan Times gazetasi.

Favqulodda vaziyatlar xizmatlarining malumotlariga ko'ra, yong'in binoning birinchi qavatida yuzaga kelgan, tutun tezda reanimatsiya bo'limi joylashgan ikkinchi qavatga tarqalib ketgan.

Shifoxona xodimlari fidoyilik bilan quyuq tutun bilan to'ldirilgan ikkinchi qavatdan bemorlarni olib chiqishni boshlashgan, ammo o'nta bemorning atigi oltitasi saqlab qolingan.

Hammasi bo'lib 27 nafar bemor shaharning boshqa kasalxonalariga etkazilgan, ularning barchasi og'ir ahvolda. Yong'inning sabablari hali aniqlanmagan, ammo qisqa tutashuv asosiy sabab bo'lishi mumkin.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!