Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:41
telegram
Saida Mirziyoeva Termizda yosh qizi zo'rlangan ota-onaga sabr tiladi

 10 APREL, 11:55 80

.

​Termizlik voyaga etmagan qiz fojiasi, uni zo'rlagan kimsaning jazosiz qolayotgani haqidagi xabar jamiyatimizning kuchli g'azabiga sabab bo'ldi va men ularning qarashlarini butunlay quvvatlayman.

Bu mavzu ko'tarilganidan xursandman, u shu kabi jinoyatlardan aziyat chekkan qizlarga o'rnak bo'ladi. Bunday jinoyatlar e'tiborsiz, jazosiz qolmasligi kerak.

Bir yildan ortiq vaqt davomida ota-ona adolat izlab, norasida qizining hayotini sindirgan zo'ravonni jazolashni talab qildi.

Jinoyatchini hech qanaqasiga oqlab bo'lmaganidek, Termiz huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarini ham, umuman, oqlab bo'lmaydi. IIV bu holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlarini o'tkazishiga va Termiz IIB xodimlari jinoyatni yashirganligi uchun qonun oldida javob berishiga umid qilaman. Mening fikrimcha, bunday odamlar sohada yuzaga kelayotgan adolatsizliklarning asosi va qo'zg'atuvchisidir.

Jinoyatchining mansabi, vakolati va aloqalari hech qanday holatda sud organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning adolatli bo'lishiga ta'sir ko'rsatmasligi lozim.

Qizchaning ota-onasiga sabr, o'ziga esa kuch tilayman. Bardam bo'ling, vijdonini yo'qotmagan barcha siz tomonda!

Saida Mirziyoeva, 

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta'minlash bo'yicha komissiyasi a'zosi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!