Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:47
telegram
O'zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni "COVID-19"ga chalinganlar sonidan oshi

 10 APREL, 11:30 98

.

O'tgan bir sutka ichida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida koronavirus infektsiyasiga qarshi yana 25 207 kishi emlandi, deb xabar bermoqda Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O'zbekistonda shu kungacha mamlakatda koronavirus infektsiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 108 283 nafarga etdi.

9 aprel kunidagi emlash ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori o'rinlarni

Surxondaryo viloyati (3764 nafar), Farg'ona viloyati (3138 nafar), Namangan viloyati (2990 nafar), Xorazm viloyati (2268 nafar), Samarqand viloyati (1848 nafar), Toshkent viloyati (1614 nafar), Qashqadaryo viloyati (1564 nafar), Jizzax viloyati (1499 nafar), Andijon viloyati (1470 nafar), Toshkent shahri (1244 nafar), Buxoro viloyati (1098 nafar) band qildi.

Statistikaga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Navoiy viloyatida emlash ko'rsatkichlari ming nafardan kam. Toshkent shahri, Namangan va Samarqand viloyatlarida koronavirusga qarshi emlangan aholi 10 ming nafardan oshgan.

Ta'kidlash kerakki, o'tgan to'qqiz kun ichida emlanganlar soni mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlar sonidan (84 724) oshdi.

Eslatib o'tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Emlash dastlab qariyalar, sog'liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko'ngilli tarzda o'tkaziladi. 9 aprel holatiga ko'ra, mamlakat bo'ylab 18 224 kishi koronavirusga qarshi emlangan edi.

Ular AstraZeneca va O'zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi bilan emlanmoqda. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaktsina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o'sha vaktsina bilan yakunlaydi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!