Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:22
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Antimonopoliya qo'mitasi kungaboqar va paxta yog'lari qimmatlashi bo'yicha izoh berdi

 10 APREL, 11:05 90

.

Kungaboqar va paxta yog'lari narxining keskin oshishiga jahon bozorlaridagi narxlar oshishi, o'tgan hosil yilida etishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo'lgani, qo'shni davlatlarda kungaboqar yog'i va urug'i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilangan muddat uzaytirilishi ta'sir etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda mart-aprelm oylarida kungaboqar va paxta yog'lari narxlari keskin oshgani keng muhokama qilinmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasining ma'lum qilishicha, ichki bozorda o'simlik yog'i mahsulotlari narxlari o'zgarishi tashkilot tomonidan tahlil qilib borilmoqda.

«Ichki bozorlarda narxlar keskin o'sishiga birinchi navbatda,

tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o'tgan hosil yilida etishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo'lishi munosabati bilan asosiy etkazib beruvchilardan bo'lgan qo'shni davlatlarda kungaboqar yog'i va urug'i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddatining uzaytirilishi ham ta'sir etdi.

O'z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog'i va urug'i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog'i narxlariga ham bevosita o'z ta'sirini ko'rsatdi.

Shu bilan birga, mahsulotga bo'lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif etarli darajada ekanligi ham ma'lum bo'ldi.

Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o'simlik yog'i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko'rayotganligi ma'lum qilinadi», deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi ma'lumotida.

Qo'mitaga ko'ra, sanitariya qoida va me'yorlariga muvofiq respublika bo'yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o'simlik yog'i talab etiladi.

2020 yilda aholi iste'moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o'simlik yog'i muomalaga chiqarilgan bo'lib, shundan yarmidan ortiqrog'i import qilingan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!