Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:00
telegram
Rossiyada "Sputnik V" vaktsinasi bilan emlangan to'rt kishi vafot etdi

 10 APREL, 10:50 80

.

Rossiyada oxirgi haftalarda "Sputnik V" vaktsinasi bilan emlangan to'rt kishi vafot etdi. Bu haqda EUobserver onlayn-nashri xabar berdi, deb yozadi DW.

Qayd etilishicha, jurnalistlar Rospotrebnadzorning "Sputnik V" vaktsinasi bilan emlangandan so'ng yana olti kishida nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelgani to'g'risidagi ichki hujjatlari bilan tanishishga muvaffaq bo'lishgani haqida aytishgan.

Xabarda aytilishicha, vafot etganlar 51, 69 va 74 yoshli ayollar bo'lgan. Jurnalistlar to'rtinchi bemorning shaxsini aniqlay olishmagan. Bemorlarning o'limiga yurak, o'pka va qondagi qand miqdori sabab bo'lgan. Hujjatlarda "Sputnik V" vaktsinasi va o'lim sabablari orasidagi bog'liqlik borasida ma'lumot berilmagan.

Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining katta virusologi Denis Logunov bu xabarni tasdiqladi.

"Bu ish bo'yicha ma'lumot so'radim va javob oldim. Bu yolg'on xabar emas. Ish o'rganib chiqilgan. Emlashga aloqador hech narsa aniqlanmagan", - dedi Logunov 51 yoshli ayolning o'limi haqida.

Gamaleya nomidagi markaz rahbari Aleksandr Gintsburg esa "Sputnik V" vaktsinasi hech qanday jiddiy nojo'ya ta'sir keltirib chiqarmasligini aytdi.

Rossiya 29 yanvarda Evropa dori vositalari agentligiga "Sputnik V" vaktsinasidan Evroittifoqda foydalanish uchun uni ro'yxatga olishga ariza bergandi. 8 aprel kuni Germaniya sog'liqni saqlash vaziri Yens Shpan agarda Evropada vaktsina ma'qullansa, Germaniya Rossiya vaktsinasini sotib olishga tayyorligini aytdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!