Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:40
telegram
Britaniyalik millioner Richard Satton o'z qasrida o'ldirildi

 10 APREL, 08:50 84

.

Britaniyalik millioner, 83 yoshli Richard Leksington Sattonni Dorset grafligidagi Gillingem shahri yaqinida joylashgan shahar tashqarisidagi qasrida o'ldirib ketishdi, deb yozmoqda Meduza.

The Guardian nashrining yozishicha, 7 aprel kuni kechqurun mahalliy fuqaro Satton va uning sherigiga pichoq bilan hujum qilgan. Millioner olingan jarohatlar natijasida voqea joyida vafot etdi. Uning yonidagi ayol esa og'ir ahvolda vertolyot bilan Bristol shifoxonasiga etkazildi. Ma'lumotlarga ko'ra, u ayol Sattonning fizioterapevti, 65 yoshli Enn Shrayber bo'lgan.

Jinoyatda gumonlanayotgan 34 yoshli erkak voqea joyidan mashinada qochib ketgan, lekin politsiya uning ortida ta'qib qildi va Londonda qo'lga tushirdi. Gumonlanuvchi ham engil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Satton va Shrayber gumonlanuvchi bilan tanish bo'lgan.

Richard Satton 301 million funt sterling boyligi bilan Buyuk Britaniyaning eng badavlat odamlari ro'yxatining 435-o'rinida turgan. U Londonning besh yulduzli Sheraton Grand va Park Leyn ko'chasidagi Ateneum mehmonxonalariga egalik qilgan.

Ma'lumot uchun, Frantsiyada ham 3 apreldan 4 aprelga o'tar kechasi noma'lum shaxslar tadbirkor va siyosatchi Bernar Tapining uyiga bostirib kirdi va uni to'nab ketdi. Voqea Tapining shahar tashqarisidagi uyida sodir bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, jinoyatchilar uy egalarini bog'lab qo'ygan va kaltaklagan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!