Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:19
telegram
Zinedin Zidan «Real»ning «Barselona»ga qarshi o'yini uchun qaydnomani e'lon qildi. Tarkib yo'qotishl

 10 APREL, 08:40 94

.

Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasining 30-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi bahs uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Zinedin Zidan qaydnomaga 19 nafar futbolchini kiritdi. Ushbu bahsni himoyachilar Serxio Ramos, Daniel Karvaxal va Rafael Varan jarohati sabab o'tkazib yuboradi. Shuningdek, hujumchi Eden Azar ham jarohatidan to'liq forig' bo'lmagani uchun o'yinda ishtirok etolmaydi.

«Real»ning qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube;

Himoyachilar: Eder Militao, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko;

Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.

«Real» va «Barselona» jamoalari o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 10 apreldan 11 aprelga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi. Jamoalarning birinchi davradagi o'yini Madrid klubining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!