Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:12
telegram
Turkiya Xavfsiz turizm dasturi turizm xodimlarini emlash loyihasi orqali yanada xavfsizroq bo'ldi

 10 APREL, 02:35 83

.

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va Turizmni targ'ib qilish va rivojlantirish agentligi (TGA) bilan birgalikta Turkiyadagi turizm sohasida ishlovchi xodimlarni to'liq emlash ishlarini boshladi. Emlash dasturi doirasida birinchi navbatda aviakompaniyalar va aeroport xodimlari, turar joy binolari, sayyohlik agentliklari xodimlari hamda professional gidlar emlanadi. Butun sayyohlik sohasida ishlovchi xodimlarni emlash ishlari, joriy yilning yoz mavsumigacha yakunlanadi. "Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturi" doirasida Emlash dasturi yaqinlashib kelayotgan yoz mavsumi uchun xalqaro sayohatchilarni kutib olish va turizm xodimlari va aholi salomatligi va xavfsizligini ta'minlashni maqsad qilgan.

2020 yil iyun oyida "Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturi" ishga tushirilgandan buyon Turkiya sog'liq va xavfsizlik bo'yicha qat'iy ko'rsatmalarga amal qilmoqda va xavfsizlikni ta'minlash uchun barcha chora-tadbirlarini ko'rmoqda. Mavsum ochilishidan oldin Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mamlakatdagi turizm xizmatlarining yil davomida ochiq qolishini ta'minlash maqsadida turizm sohasi xodimlarini emlash dasturiga kiritish ishlari boshlandi. Emlash dasturi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikta amalga oshiriladi. Turizm xodimlarini emlash dasturi ustuvor yo'nalishlarga muvofiq va "Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturi" doirasida boshlandi.   COVID-19ga qarshi kurashish va dunyoning eng xavfsiz joylaridan biri sifatida o'z mavqeini yanada oshirish bo'yicha davomli sa'y-harakatlar doirasida, Turkiya, dunyodagi birinchi va eng muvaffaqiyatli misollardan biri bo'lgan "Xavfsiz turizmni sertifikatlashtirish dasturiga" investitsiya kiritishda davom etmoqda. Mamlakat sertifikatlash ko'lamini kengaytirib, 30 yoki undan ortiq xonalarga ega bo'lgan mexmonxonalar uchun ushbu dasturni majburiy qildi. Hozirgi kunga qadar 8.000dan ortiq ob'ektlar sertifikatlangan.

Mamlakat turistik sayohatlarda V shaklidagi tiklanishni kutayotganligi sababli, emlash uchun turizm ishchi kuchi birinchi o'ringa qo'yilgan. Turkiya 2021-da sog'lom va xavfsiz sayyohlik joylari bo'lishiga ishonch hosil qilish uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqda va xalqaro sayohatchilar uchun xavfsiz sayohat variant sifatida eng yaxshi tanlovlardan biri bo'lmoqchi.

Turkiya haqida

O'rta Yer dengizida joylashgan, Osiyo va Yevropa qit'alarini Bosfor bo'g'ozi orqali birlashtiradigan Turkiya tengi yo'q manzil, madaniy aloqalarning markazidir. O'zining yoqimli iqlimidan tashqari, asrlar davomida paydo bo'lgan sivilizatsiyalar xilma-xilligini aks ettiruvchi tarixi, tabiati va gastronomiyasi bilan ham tashrif buyuruvchilarni hayratga soladi. Har xil madaniyatlar chorrahasida joylashgan Turkiya, an'anaviy va zamonaviylikning sintezi bo'lgan san'at va moda haqida o'ziga xos tushunchalarga ega, juda dinamik bo'lgan savdo va ko'ngilochar hayot tarzi bilan butun dunyodan sayyohlarni o'ziga jalb qila oladi.  Ko'proq ma'lumot uchun: https://www.goturkiye.com/    Turkiya Turizmni targ'ib qilish va rivojantirish agentligi (TGA) haqida

TGA Turkiyaning ichki va xalqaro turizm sohasidagi taniqli yo'nalish bo'lishini ta'minlash, uning madaniy, ma'rifiy, tabiiy, biologik va tarixiy merosini targ'ib qilish hamda milliy iqtisodiyotda qisqa yoki uzoq muddatli turistik investitsiyalar ulushini oshirish va turizm sohasida xizmat ko'rsatishni yanada yaxshilash bilan shug'ullanadi. Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo'yicha, TGA Turkiyaning o'z turistik maqsadlariga erishishga yordam berish uchun barcha reklama, marketing va kommunikatsiya ishlarini olib borish, butun dunyo bo'ylab mavjud turistik resurslarni targ'ib qilish va sotish hamda turizm strategiyalari va siyosatlariga muvofiq potensial turistik resurslarni rivojlantirish uchun javobgardir. 

“Xavfsiz turizm sertifikati dasturi” haqida

Turkiya 2020-yilgi sayyohlik mavsumi uchun “Xavfsiz turizm sertifikati dasturi”ni amalga oshirdi. Sohaning asosiy ishtirokchilari tomonidan tezkor ravishda qabul qilingan ushbu dastur sog'liqni saqlash, oziq-ovqat va ichimliklar, transport va turar joylarni o'z ichiga olgan va boshqa ko'plab sohaga tegishli muassasalar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan bir qator tadbirlarni ham mahalliy aholi ham xorijiy mehmonlar uchun belgilab berdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!