Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:12
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
​​Termizlik erkak maktab o'quvchisini ikki marta zo'rlagan. Bu ish «tinchitib» yuborilgani aytilmoqd

 10 APREL, 00:05 111

.

Termizda bir erkak maktab o'quvchisini ikki marta zo'rlagan. Huquqni muhofaza qilish idoralari bu ishni «tinchitib yuborgan», dedi Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo'mitasi a'zosi Farhod Boqiev. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Termizda yashovchi B.E. 2020 yil yanvarida 16 yoshli maktab o'quvchisini zo'rlagan. Keyinchalik u ushbu fakt to'g'risida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishini aytib, uni qo'rqitib, kuch ishlatib, uni bir necha bor zo'rlagan.

«Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi qariyb 14 oydan buyon qonuniy choralar ko'rmayapti», – dedi Boqiev.

Yil davomida jabrlangan qizning ota-onasi tomonidan Termiz shahar IIB va boshqa ma'muriy organlarga jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'rab qilgan barcha murojaatlar bekor ketgan.

«Termiz shahar IIB FMO sifatsiz tekshiruv o'tkazdi, jinoyat ishini qo'zg'atishdan bosh tortish to'g'risida qarorlar qabul qildi. Shuningdek, jinoyatni sodir etgan shaxsning do'stlari Termiz shahar IIBda ishlaydi. Shu sababli ish «tinchitilgan». Bu jabrlanuvchi ota-onasining Senatga so'nggi chora sifatida murojaat qilishiga sabab bo'lgan», – dedi senator.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo'mitasi ushbu tekshiruvning har tomonlama va ob'ektiv o'tkazilishini va uning natijalariga ko'ra qonuniy qaror qabul qilinishini o'z nazoratiga oldi. Tergov yakunlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar beriladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!