Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:21
telegram
Prezident Shavkat Mirziyoev Buyuk Britaniya qirolichasiga hamdardlik bildirdi

 9 APREL, 22:00 79

.

Prezident Shavkat Mirziyoev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Elizaveta Ikkinchiga uning turmush o'rtog'i - Edinburg gertsogi, shahzoda Filipp vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. “Buyuk Britaniya xalqi uchun musibatli bo'lgan ushbu damlarda Siz uchragan judolikka qayg'udoshman. Shunday og'ir bir pallada Siz, Hazrati Oliyalariga va qirollik oilasining barcha a'zolariga sabr-toqat va bardamlik tilayman”, - deyiladi davlatimiz rahbarining maktubida.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!