Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 06:35
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Sergeli tumanidagi UJMSh mansabdor shaxslari aholidan undirilgan mablag'larni talon-taroj qilganlikl

 9 APREL, 21:45

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “O.K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati mansabdor shaxslari o'zaro til biriktirib, aholidan uy-joy kommunal xizmati uchun yig'ib olingan 108,1 mln so'm naqd pullarni shirkatning bankdagi hisob raqamiga kirim qilmasdan, soxta yig'ilish bayonnomasi va shirkat ishchilariga oylik ish haqi sifatida tarqatilganligi to'g'risida qalbaki hujjatlarni rasmiylashtirib, o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan UJMSh mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. 

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR