Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:33
telegram
Shavkat Mirziyoev EXHT raisi va Pokiston Bosh vaziri bilan muloqot o'tkazadi

 9 APREL, 20:15 84

.

O'zbekiston Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokidagi maxsus brifingda Shavkat Mirziyoevning kelasi hafta uchun rejalari ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, 13-14 aprel kunlari O'zxbekistonga Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Lindening tashrifi kutilmoqda.

«Mamlakatimiz ushbu muhim mintaqaviy tashkilot bilan hamkorlikni kengaytirishga qat'iy intiladi. O'zbekiston, shuningdek, Shvetsiya bilan barcha sohalarda konstruktiv muloqot va o'zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashdan manfaatdor.  Ann Kristin Lindening tashrifi mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'taradi», - deya ta'kidladi Sherzod Asadov.

Ann Kristin Lindening Prezident tomonidan qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, kelayotgan hafta O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti rejalashtirilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!