Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 21:36
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Olotdagi “Imronnike” MChJ omborxonasida yong'in sodir bo'ldi

 9 APREL, 19:10

2021 yil 9 aprel kuni soat 15:45da Buxoro viloyati Olot tumani “Xalifa” MFYda joylashgan “Imronnike” MChJ hududidagi  omborxonada yong'in sodir bo'layotganligi haqida yong'in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 7 ta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 15:52 da etib borgan. Ko'rilgan tezkor harakatlar natijasida yong'in soat 16:20 da qurshab olinib, 18:26 da to'liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida korxona omborxonasi ichki qismining taxminan 200 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Yong'indan ob'ektning 400 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar va halok bo'lganlar qayd etilmagan.   

Hozirda yong'in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.  

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR