Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:54
telegram
16 yoshli qizning nomusiga tekkan shaxsga chora ko'rilishi nazoratga olindi - Senat

 9 APREL, 19:00 94

.

Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi a'zosi Farhod Boqiev jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qariyb 14 oydan beri qonuniy choralar ko'rilmay kelinganiga e'tibor qaratgan.

“Surxondaryo viloyati Termiz shahrida B.E. ismli shaxs 2020 yilning yanvar oyida 16 yoshli voyaga etmagan (maktab o'quvchisi) qizning ojizligidan foydalanib nomusiga tekkan. Achinarlisi, bu shaxs 2020 yilning fevral oyida voyaga etmagan qizni zo'rlagani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qilishini aytib, uni qo'rqitadi va takroran kuch ishlatib nomusiga tegadi.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qariyb 14 oydan beri Termiz shahar IIO FMB tomonidan qonuniy chora ko'rilmay kelinmoqda. Bu esa, avvalo, ota-onani, qolaversa, mazkur voqeadan xabardor bo'lgan odamlarning ichki ishlar organi tizimiga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini kuchaytirishi tabiiy, albatta.

Eng achinarlisi, jabrlanuvchi qizning ota-onasi adolatni qaror toptirish, jinoyatni amalga oshirgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'rab bir yildan beri Termiz shahar IIO FMBga va boshqa ma'muriy idoralarga qilgan barcha murojaatlari e'tiborsiz qoldirilgan. Ayniqsa, Termiz shahar IIO FMB tomonidan mazkur voqea bo'yicha sifatsiz tekshirishlar o'tkazilgani, jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish haqida qarorlar qabul qilingani hamda jinoyatni amalga oshirgan shaxsning do'stlari Termiz shahar IIO FMBda faoliyat yuritishi, shu sababli ish bosti-bosti qilib kelinayotgani ota-onaning so'nggi chora sifatida Senatga murojaat qilishiga sabab bo'lgan. 

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi tomonidan mazkur tergov ishi har tomonlama to'la va xolisona olib borilishi hamda yakunlari bo'yicha qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olindi.

Tergov yakuni bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi”, deya Farhod Boqievning so'zlaridan iqtibos keltirilgan Senat axborot xizmati xabarida.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!