Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:05
telegram
Toshkentdagi «Navro'z» to'yxonasi binosi buzilishi bo'yicha hokimlik izoh berdi

 9 APREL, 18:40 57

.

Bugun, 9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan «Navro'z» to'yxonasi binosi buzilgani to'g'risida xabarlar tarqaldi. Poytaxt hokimligi mazkur hududda amalga oshirilayotgan qurilishlarga izoh berdi.

Ma'lum qilinishicha, bino buzilgan hududda Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi, yangi Milliy drama teatr binosi, mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida davlat san'at muzeyining namoyishlari kompleksini qurish boshlangan.

Bundan tashqari, majmua hududida yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlari uchun kutubxona quriladi.

«Yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlariga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan, ilm-fan va san'atning turli sohalariga oid bosma va elektron davriy nashrlarning ulkan salohiyatiga ega bo'lgan hamda 1,5 million dona kitoblar fondini o'z ichiga olgan ulkan Kutubxona binosi qurilish ishlari boshlandi», deyiladi xabarda.

Ushbu ob'ektlarni qurish ishlari Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Prezidentini 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida ko'zda tutilgan topshiriqlar bo'yicha qabul qilingan qaror asosida amalga oshirilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!