Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:15
telegram
O'zstandart: Sifatsiz suv qaynatgich xavfidan ogoh bo'ling!

 9 APREL, 18:25 105

.

Xitoyning «CHAOQUN FACTORY» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan HEATER brendi ostidagi elektr suv qaynatgich (kipyatilnik) mahsuloti standart talablariga muvofiq emasligi aniqlandi. Bu haqda «O'zstandart» agentligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarnomaga ko'ra, Respublika hududida sifatsiz elektrotexnika mahsulotlari realizatsiya qilinishining oldini olish maqsadida «O'zstandart» agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualaridan sotilayotgan elektr suv qaynatgich mahsulotini tanlab olindi va akkreditlangan elektrotexnika mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga topshirilgan.

O'tkazilgan sinovlar natijasiga ko'ra Xitoyning «CHAOQUN FACTORY» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan HEATER brendi ostidagi elektr suv qaynatgich mahsuloti standart talablariga muvofiq emasligi aniqlangan.

Ushbu elektr suv qaynatgich mahsulotida tok urish xavfi mavjud ekanligi aniqlanib, mamlakatimiz fuqarolari ogohlikka chaqirilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!