Xayirli tun, Guest!
Soat: 22:28
telegram
Farg'onada odamlar O’zLiDePga majburan a'zo bo'lishyaptimi?

 9 APREL, 17:25 88

.

O’zLiDeP Farg'ona viloyati Kengashi fuqarolarni partiyaga majburan a'zo qildirilayotgani haqidagi asossiz xabarlarga munosabat bildirdi:

Ijtimoiy tarmoqlarda O’zLiDeP Farg'ona viloyati Kengashi go'yoki fuqarolarni partiyaga majburan a'zo qildirishi bilan bog'liq asossiz xabarlar tarqalishiga nisbatan haqiqiy holat yuzasidan ishonchli ma'lumot berishdan oldin partiyamiz faoliyatiga qiziqish bildirgan keng jamoatchilikka minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Mamlakatimizda keyingi to'rt yilda amalga oshirilgan ochiqlik, oshkoralik siyosati tufayli fuqarolarimizning dunyoqarashi, fikrlashi, hayotga qarashlari o'zgardi. Bir so'z bilan aytganda, Yangi O'zbekistonda yangicha dunyoqarash shakllandi.

Ma'lumki, “Siyosiy partiyalar to'g'risida”gi qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, “Siyosiy partiya O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko'ngilli birlashmasidir”.

Har bir inson qaysi partiyaga a'zo bo'lishni, yoki partiyasiz bo'lishni o'zi tanlaydi. Bugungi kunda O’zLiDeP Farg'ona viloyati tashkilotiga qariyb etmish mingga yaqin faollar ixtiyoriylik asosida birlashgan. Partiyaga a'zolikka qabul qilish bo'yicha shu vaqtgacha biror hokimlik yoki boshqa idora tomonidan ko'rsatma va topshiriq berilgani yo'q.

Ko'ngilli birlashmaga majburan a'zolikka qabul qilish amaliyoti Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida kuzatilmagan. 

O’zLiDeP o'z elektorati vakillari va ushbu siyosiy  kuch xayrixohlarini har doim qo'llab-quvvatlaydi. Ularni o'ylantirayotgan muammolarga hamjihatlikda echim izlaydi.

Partiyaning viloyat Kengashi tomonidan tuman va shaharlarda tizimli bo'sh ish o'rinlari tashkil etish, o'tkazilayotgan tadbirlarga ko'maklashish maqsadida viloyat tashkilotining xodimlari biriktirilgan bo'lib, ular hududlarda partiya faoliyatini yanada rivojlantirishga ko'maklashadi. 

Yana bir bor ta'kidlaymiz, xalqimiz kechagidan ko'ra bugun siyosiy hushyor, sergak va uyg'oq. Bugungi kunda yurtdoshlarimizni bunday asossiz xabarlar bilan chalg'itib bo'lmaydi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!