Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:40
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Evropa Ligasi. «Arsenal» so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi. «Manchester Yunayted» va «R

 9 APREL, 10:15 70

.

Futbol bo'yicha Evropa Ligasi 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvlari 8 aprel, payshanba kuni bo'lib o'tdi.

«Arsenal» o'z maydonida «Slaviya»ni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy qismida darvozalarga to'p kiritilmadi. Faqatgina 86-daqiqaga kelib, Nikolas Pepe mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 90+4-daqiqada Tomash Golesh muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa London klubi o'z maydonida kechgan bahsning so'nggi pallasida g'alabani qo'ldan chiqardi.

«Arsenal» — «Slaviya» o'yinida urilgan gollarni bu erda ko'rish mumkin — video.

«Manchester Yunayted» safarda «Granada»dan ustun keldi. 31-daqiqada Markus Reshford Viktor Lindelofning zargarona uzatmasini golga aylantirdi. 90-daqiqada esa Brunu Fernandesh 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.

«Granada» — «Manchester Yunayted» o'yinida urilgan gollarni bu erda ko'rish mumkin — video.

«Roma» mehmonda «Ayaks»dan 2:1 hisobida ustun keldi. Rimliklarning gollariga Lorentso Pellegrini va Rojer Ibanes mualliflik qildi. «Ayaks» safida esa Devi Klassen o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

«Roma» — «Ayaks» o'yinida urilgan gollarni bu erda ko'rish mumkin — video.

Chorak finalning dastlabki o'yinlaridan o'rin olgan yana bir bahsda «Vilyarreal» «Dinamo Z»ni mag'lubiyatga uchratdi.

«Vilyarreal» —«Dinamo Z» o'yinida urilgan gollarni bu erda ko'rish mumkin — video.

Mazkur bosqichning javob o'yinlari 15 aprel sanasiga belgilangan.

Evropa Ligasi

1/4 final, dastlabki bahslar

8 aprel, payshanba

«Arsenal» Angliya – «Slaviya» Chexiya 1:1

Gollar: 1:0 – 86 Pepe, 1:1 – 90+4 Golesh.

«Arsenal»: Leno, Soaresh, Belerin, Holding, Gabriel, Smit-Rou (Sebalos, 88), Jaka, Parti (en-Nenni, 78), Saka (Pepe, 78), Villian (Martinelli, 73), Lyakazett (Obameyang, 78).

«Slaviya»: Kolarj, Borjil, Ba, Golesh, Zima, Stanchu (Masopust, 84), Gromada (Shevchik, 46), Provod, Dorli (Lingr, 69), Olayinka (Traore, 85), Sima (Kuxta, 69).

Ogohlantirishlar: Zima (47).

«Granada» Ispaniya – «Manchester Yunayted» Angliya 0:2

Gollar: 0:1 – 31 Reshford, 0:2 – 90, penalti Brunu Fernandesh.

«Granada»: Ruy Silva, Valexo, Neva (Fulke, 74), Duarte (Herman Sanches, 54), Dias, Montoro, Puertas, Gonalon (Eteki, 86), Errera, Kenedi (Machis, 75), Soldado (Suares, 87).

«Manchester Yunayted»: de Xea, Maguayr, Shou (Telles, 46), Uan-Bissaka, Lindelof, Pogba (Matich, 74), Brunu Fernandesh, Maktomini, Jeyms, Grinvud (van de Bek, 85), Reshford (Kavani, 66).

Ogohlantirishlar: Pogba (8), Maktomini (40), Shou (42), Duarte (51), Maguayr (72), Matich (84), Eteki (89).

«Ayaks» Niderlandiya – «Roma» Italiya 1:2

Gollar: 1:0 – 39 Klassen, 1:1 – 57 Pellegrini, 1:2 – 87 Rojer.

«Ayaks»: Sxerpen, Talyafiko, Timber, Alvares, Rensx (Klayber, 78), Tadich, Gravenberx, Neres (Brobbey, 64), Klassen, Antoni (Idrissi, 88), Martines.

«Roma»: Lopes, Spinatstsola (Kalafyori, 29), Manchini, Rojer, Bruno Peres, Diavara, Kristante, Veretu (Vilyar, 77), Pellegrini, Pedro (Karles Peres, 89), Jeko (Mayoral, 77).

Ogohlantirishlar: Rensx (71), Bruno Peres (78), Martines (86), Kristante (90), Kalafyori (90).

«Dinamo Z» Xorvatiya – «Vilyarreal» Ispaniya 0:1

Gol: 0:1 – 44, penalti Xerard Moreno.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!