Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:10
telegram
Evropa Ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlar e'lon qilindi

 9 APREL, 10:10 69

.

Evropa Ligasining chorak final dastlabki bahslari 8 aprel, payshanba kuni bo'lib o'tdi.

UEFA mazkur o'yinlar yakunlariga ko'ra haftaning eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlarni e'lon qildi.

Da'vogarlar bilan tanishing:

Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — «Granada»ga qarshi o'yinda (2:0) 1 gol va 83% uzatmalar aniqligi; Xerar Moreno («Vilyarreal») — «Dinamo Zagreb»ga qarshi bahsda (1:0) bitta gol; Tomash Golesh («Slaviya») — «Arsenal»ga qarshi bellashuvda (1:1) 1 gol va 87% uzatmalar aniqligi; Pau Lopes («Roma») — «Ayaks»ga qarshi uchrashuvda (2:1) 8 ta seyv va 74% uzatmalar aniqligi.

G'olib nomi 9 aprel kuni e'lon qilinadi.

Evropa Ligasi 1/4 final o'yinlari videosharhini bu erda tomosha qilish mumkin — video.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!