Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:13
telegram
Venesuelada koronavirus bilan kasallanganlarning uyiga maxsus belgi qo'yishga qaror qilindi

 9 APREL, 10:00 94

.

Venesuelaning Yarakuy shtatidagi Sukre munitsipaliteti meri Luis Duke koronavirus bilan kasallanganlar yashovchi uylarga maxsus taxtachalar ilishga ko'rsatma berdi, deb yozmoqda Reuters.

Uylarga ilinadigan oq rangli taxtachaga qizil diametrli aylana (taqiq belgisi) tasviri tushirilgan.

«Biz xalqimizni himoya qilyapmiz. Bu belgi ilingan uyda koronavirusga chalingani aniqlangan yoki gumon qilinayotgan odam yashayotganini anglatadi, odamlar esa bundan ogoh bo'ladi», — deb izohladi Duke o'zining qarorini.

Shuningdek, karantin qoidalarini buzganlar jazo tariqasida oziq-ovqat mahsulotlari va taom tayyorlash uchun beriladigan gaz kabi imtiyozlardan mahrum qilinadi. Bundan tashqari, ular mamlakatda belgilangan eng kam ish haqi — to'qqiz dollar miqdorida jarimaga tortiladi.

Huquq himoyachilari shahar kengashining bunday keskin choralariga qarshi chiqdi.

«Biz uning qarorini qoralashimiz hamda o'zining uyiga ham taxtacha ilishga to'g'ri kelmasligi uchun unga mustahkam sog'liq tilashimiz lozim», — dedi inson huquqlari bo'yicha advokat Tamara Suju.

Reuters’ning ma'lumotlariga ko'ra, Venesuelada koronavirusning yangi to'lqini boshlangan, avvalgisi 2020 yilning avgust oyida qayd etilgan edi.

Bugungi kungacha 28,4 million aholisi bo'lgan Venesuelada koronavirus bilan bog'liq 170 mingdan ortiq holat qayd etildi, shundan 154 mingdan ortig'i sog'aydi, 1705 kishi esa virus qurboniga aylandi.

Ma'lumot uchun, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro koronavirusga qarshi vaktsina uchun neft bilan haq to'lashni taklif qilgandi, shuningdek, mamlakatda aholini «Sputnik V» vaktsinasi bilan emlash boshlangan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!