Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:54
telegram
AQShda koronavirusning asosiy fermenti rentgenogramma qilindi

 9 APREL, 09:55 77

.

Koronavirusning atom tuzilishini o'rganayotgan olimlar virusning asosiy fermentlaridan birini rentgenogramma qildi. Bu haqda AQShning Argon milliy laboratoriyasi xabar berdi.

Britaniya Kolumbiyasi universitetidan (UBC) olimlar jamoasi kristallangan shakldagi SARS-CoV-2 oqsillarini o'rganish uchun mukammal rentgen nurlari yordamida birinchi marta virusning asosiy proteazini — virusning ko'payishi va boshqa inson hujayralariga yuqishi uchun kerak bo'lgan katta oqsillar kesishishiga imkon beruvchi fermentini kuzatdi.

AQShning Energetika vazirligi qoshidagi Argon milliy laboratoriyasida fotonlarning mukammal manbasi (APS) sababli bunday natijaga erishildi.

APS shifokorlar tomonidan foydalaniladigan rentgendan milliard barobar kuchli nur ishlab chiqaradi, bu esa tadqiqotchilarga koronavirusning proteazlarini atom darajasidagi eng mayda unsurlarigacha o'rganishga imkon beradi.

Olimlarning fikriga ko'ra, yangi ma'lumotlar proteazni va, shu bilan birga, virusning ko'payishini bloklaydigan past molekulyar vositalarni tanlashga imkon beradi.

Ma'lumot uchun, o'tgan bir hafta ichida butun dunyoda koronavirusga chalinish bo'yicha 4 milliontadan ortiq yangi holat aniqlandi. JSST qayd etishicha, bu undan oldingi bir haftalik ko'rsatkichga nisbatan 5 foizga ko'pdir. Virusdan o'lim holatlari esa so'nggi etti kunda 11 foizga ko'payib, 71 mingtaga etdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!