Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:53
telegram
Bugun O'zbekistonda havo harorati 33° gacha ko'tariladi

 9 APREL, 03:10 77

.

«O'zgidromet» 9 aprel, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo  biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va  Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax,  Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 21-16 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va  Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12  metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo'ladi.

Andijon,  Namangan,  Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo'ladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!